Telegram'ingizni sun'iy intellektga ulang
Claude, ChatGPT, Gemini va Cursor sizning Telegram chatlaringizni o'qiydi, kerakli xabarni topadi, uzun guruhlarni xulosalaydi va siz tasdiqlagan javoblarni yuboradi. Ulash bir daqiqa oladi, dastur o'rnatish shart emas.
- Juma 15:00 da yig'ilish, sizdan hisobot kutilyapti
- Dilshod yangi narxlar faylini yubordi
- Server soat 22:00 da yangilanadi
Uch qadamda tayyor
Server yoki dastur sozlash kerak emas. Hammasi brauzerda bajariladi.
Ro'yxatdan o'ting
Email va parol bilan akkaunt oching. Bor-yo'g'i 20 soniya.
Telegram'ni ulang
QR kodni telefoningizdagi Telegram'da skanerlang yoki telefon raqam va kod orqali kiring.
AI'ga qo'shing
MCP manzilini Claude, ChatGPT yoki Gemini'ga qo'shing va «Ruxsat berish»ni bosing.
AI sizning Telegram yordamchingizga aylanadi
Xulosa va tahlil
Yuzlab o'qilmagan xabarlarni bir necha jumlada xulosalash. Guruhlarda muhim qarorlar va vazifalarni topish.
Aqlli qidiruv
«O'tgan oy kim menga shartnoma yuborgan edi?» kabi savollarga barcha chatlardan javob topadi.
Javob yozish
Xabar loyihasini AI tayyorlaydi, siz tasdiqlaysiz va xabar sizning nomingizdan yuboriladi.
Ruxsatlarni boshqarish
Faqat o'qish rejimi, yuborish yoki o'chirishga ruxsat. Har bir AI ilovani istalgan payt uzish mumkin.
Shifrlangan sessiya
Telegram sessiyangiz serverda shifrlangan holda saqlanadi. Parolingiz bazada ochiq ko'rinishda saqlanmaydi.
Faollik jurnali
AI qaysi chatni qachon o'qigani yoki nima yuborgani jurnalda ko'rinadi.
12 ta MCP asbobi
AI shu amallarni bajara oladi. Yuborish va o'chirish ruxsatlarini o'zingiz yoqasiz yoki o'chirasiz.
get_meUlangan Telegram akkaunt haqida ma'lumot (ism, username, ID).
list_chatsTelegram chatlari (dialoglar) ro'yxati: oxirgi xabar, o'qilmaganlar soni. Filtr va nom bo'yicha qidirish mumkin.
get_messagesBitta chatdagi xabarlarni o'qish (eng yangilari). Sahifalash uchun before_id, chat ichida qidirish uchun query.
search_messagesBarcha chatlar bo'ylab (yoki bitta chatda) matn bo'yicha xabar qidirish.
get_unreadO'qilmagan xabarlari bor chatlar va ulardagi oxirgi o'qilmagan xabarlar (xulosa uchun qulay).
get_chatFoydalanuvchi, guruh yoki kanal haqida batafsil ma'lumot (bio, a'zolar soni, holat).
list_contactsTelegram kontaktlari ro'yxati, ism/username/telefon bo'yicha qidirish bilan.
send_messageFoydalanuvchi nomidan Telegram xabar yuborish. Yuborishdan oldin matn va qabul qiluvchini foydalanuvchi bilan tasdiqlang.
mark_as_readChatdagi barcha xabarlarni o'qilgan deb belgilash.
forward_messagesXabarlarni bir chatdan boshqasiga uzatish (forward).
edit_messageO'zingiz yuborgan xabar matnini o'zgartirish.
delete_messagesXabarlarni o'chirish (qaytarib bo'lmaydi). Avval foydalanuvchidan aniq tasdiq oling.
Ko'p beriladigan savollar
MCP nima?
Bu xavfsizmi?
AI mening nomimdan o'zi xabar yuborib qo'yadimi?
Qaysi AI'lar bilan ishlaydi?
Pullikmi?
Akkauntimni qanday o'chiraman?
Telegram'ingizni bugun AI bilan boshqaring
Ro'yxatdan o'ting, Telegram'ni ulang va birinchi xulosangizni oling.
Bepul boshlash