Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 14-noyabr
Qanday ma'lumotlar saqlanadi
- Akkaunt: ism, email, parol xeshi (Argon2id).
- Telegram: shifrlangan Telegram sessiyasi, Telegram ID, ism, username va telefon raqam.
- Ulanishlar: API kalitlar va OAuth tokenlar (faqat HMAC xeshi), ulangan ilovalar nomi.
- Faollik jurnali: qaysi asbob qachon chaqirilgani va qisqa parametrlar (chat nomi, qidiruv so'zi, matn uzunligi). Xabar matni jurnalga yozilmaydi. Jurnal 30 kundan keyin o'chiriladi.
Telegram xabarlari
Xabarlaringiz serverda saqlanmaydi. Ular faqat siz ulagan AI ilova so'raganda Telegram'dan o'qiladi va o'sha ilovaga uzatiladi. AI ilova (Anthropic, OpenAI, Google va boshqalar) olgan ma'lumotlarga o'sha kompaniyaning maxfiylik siyosati amal qiladi.
Ma'lumotlarni o'chirish
Telegram'ni uzganingizda sessiya Telegram'da ham tugatiladi va bazadan o'chiriladi. Akkauntni o'chirganingizda barcha ma'lumotlaringiz butunlay o'chiriladi.
Uchinchi tomonlar
Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.